Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida deputatlar tomonidan 2026-yil yanvar–iyun oylarida tuman tashkilotlariga yuborilgan deputat so‘rovlariga javob berish holati ko‘rib chiqildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, ayrim tashkilotlarda deputat so‘rovlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va javob berish bo‘yicha kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Mazkur masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritib, deputatlar muhokamasiga taqdim etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
📎 Doimiy komissiya qarori ilova qilinadi.