Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Zulfiya Arazova hamda tuman Kengashi huzuridagi "Ekspert guruhi" a’zosi A. Komilov Hazorasp mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va hududdagi kriminogen vaziyatni o‘rgandi.
O‘rganish davomida joriy yilning birinchi yarmida mahallada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar, ayollar hamda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar qayd etilmagani sababli hudud "yashil" toifada saqlanib kelayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar ijobiy samara berayotgani qayd etildi. Ayrim yo‘l-transport hodisalari esa hududdan o‘tuvchi respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘lida, asosan boshqa hudud fuqarolari ishtirokida sodir etilayotgani ma’lum qilindi. 🤝