#Haftalik_ish_reja_ijrosi
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Luqmon Mamadiyorov, bosh mutaxassis Sarvar Primov hamda O‘zbekiston XDP partiya guruhi vakillari bilan birgalikda Bog‘ishamol MFYda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilar tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi daromadlarini yanada oshirish hamda mahallani yanada obod va fayzli maskanga aylantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.