Новости

Последние новости

янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva "Shodiyona" MFY hududidagi 94-DMTT muassasida bo'ldi.
янв.21
Olmazor tumanidagi "G‘alaba" MFY hududidagi Deputat “DREAM IMPEX GROUP” MCHJ faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva 242-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda
Deputat tashabbusi bilan Bog‘ishamol mahallasidagi ichki ko‘cha shag‘allashtirildi

Deputat tashabbusi bilan Bog‘ishamol mahallasidagi ichki ko‘cha shag‘allashtirildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Anorboyev tashabbusi bilan Bog‘ishamol mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish ishlari amalga oshirildi.Mazkur ichki ko‘chaning holati uzoq vaqtdan buyon aholi tomonidan ko‘tarib kelinayotgan masalalardan biri bo‘lib, ayniqsa yomg‘irli mavsumlarda harakatlanish uchun noqulayliklar tug‘dirar, transport vositalari va piyodalar harakatida qiyinchiliklar yuzaga keltirar edi. Muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganish va aholi murojaatlarini inobatga olish natijasida deputat tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.Natijada ko‘chaga zarur miqdorda shag‘al yotqizilib, yo‘l tekislandi va harakatlanish uchun qulay sharoit yaratildi. Bu ishlar mahalla aholisining kundalik turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2