Новости

Последние новости

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Deputat M.Kim saylov okrugida fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 18-saylov okrugi deputati Marina Melisovna Kim tomonidan saylov okrugi hududida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Tashrif davomida aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘rganildi. Jumladan, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatilishi, kommunal xizmatlar sifati, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holati va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur vazifalar belgilab olinib, murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 6