O‘rganish davomida yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va bandligini ta’minlash hamda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Natijada hokim yordamchisi bilan hamkorlikda 8 nafar yoshning tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashilganligi aniqlandi.
Shuningdek, 1 nafar yoshning kontrakt to‘lovi qoplab berilgan, yana 1 nafar yoshga o‘quv kursi tashkil etishida amaliy yordam ko‘rsatilganligi o‘rganildi.
O‘rganish yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.