Новости

Последние новости

янв.21
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yoshlar orzulariga qanot bag‘ishlagan bayram
янв.21
“Tepaguzar” mahallasida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Oʻzbekiston–Indoneziya hamkorligi: mahalliy hamjamiyatlar tajribasi almashilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallalarda muloqot va rivojlanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar tomonidan Olmazor tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limining masalasi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan 181-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Abubakr Shoshiy” mahallasida hududiy o‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

#korrupsiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Bugun Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishida Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich hamda hududiy kengash a’zolari, tuman hokimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

📝 Unda dastlab Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengash majlisini boshlab berilib hududdagi holat haqida batafsil ma'lumot berildi.

📝 Shuningdek hududiy kengning kun tartibidan o'rin olgan dastlabki masala Toshkent shahrida korrupsiyani oldini olish borasida joriy yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar hamda korrupsiyaviy jinoyatlarning sohalar va tumanlar kesimida tahlili to‘g‘risida Toshkent shahar prokurori v.b. – Urmanov Anvar Abdutalipovichning axboroti tinglandi.

📁 Shuningdek kun tartibidagi navbatdagi masala Toshkent shahar hokimligida “Ye-qaror” tizimi orqali qabul qilingan qarorlarning ochiqligi ta’minlanmagan holatlar, aniqlangan qoidabuzarliklar va uni sodir etgan mas’ul mansabdor shaxslar to‘g‘risida Toshkent shahar Adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari  –  Xudoyorov Jasur Baxromovich hisobotini yig‘ilish qatnashchilariga taqdim etdi.

📇 Bundan tashqari Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy veb-sayt va axborot resurslarini yuritish, ochiq ma’lumotlar joylashtirish, jamoatchilik bilan muloqot mexanizmlarini (“Xalq nazorati” platformasi) yo‘lga qo‘yish holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosarining kotibiyat mudiri – Abduraximov Boburjon Baxtiyor o‘g‘li hisoboti berdi. Mazkur masala yig'ilish qatnashchilari tomonidan atroflicha ko'rib chiqilib keng muzokaralarga boy bo'ldi hamda hududiy kengash a'zolari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

📉 Kun tartibidan o'rin olgan keyingi masalalar Toshkent shahar hokimligida “Ochiqlik indeksi” ko‘rsatkichlarining 2025 yilda keskin pasayishiga sabab bo‘lgan omillar va tizimli muammolar, axborotlarning o‘z vaqtida va to‘liq e’lon qilinmasligi bilan bog‘liq holatlarining kelgusida oldini olish, Toshkent shahar hokimligini “qizil” toifadan chiqarish va 2026 yilda “Ochiqlik indeksi” ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha aniq muddatlar va mas’ullar kesimida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”), Toshkent shahar hokimligida ochiqlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish, ularning malakasini oshirish va javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilgan va rejalashtirilgan choralar to‘g‘risida axborot hamda Prezidentimizning 16.06.2021 yil PF-6247-son hamda 14.06.2022 yil PF-154-son Farmonlaridagi vazifalari haqida Toshkent shahar hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Abdullaev Sherzod Farxodovich batafsil hisobat berdi. Mazkur masala kengash a'zolari tomonidan muhokama qilinib sohadagi yo'l qo'yilgan ba'zi kamchiliklar yuzasidan ularni hal etishga tegishli qaratilgan tavsiyalar berildi.

🗣 Yakuniy masala Toshkent shahar hokimligida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar bilan ishlash va aholi oldida mansabdor shaxslarining hisobotlari eshitish bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etish yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi – Mahmudxo‘jaev Furqat Sidiqxo‘jaevich tomonidan hududiy kengash a’zolariga hisobot berdi.

📥 Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning hamkorligini kuchaytirish, tizimda ochiqlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10