Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputat Q. Raxamov tomonidan “Chag‘atoy” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📍 Uchrashuvda mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qilinib, fuqarolarning dolzarb masalalari va takliflari tinglandi.
🤝 Tadbir davomida hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
📌 Uchrashuv saylovchilar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash va muammolarni joyida o‘rganish maqsadida tashkil etildi.