#Deputat_faoliyati
20-Chandir saylov okrugi deputati B. Kulbuldiyev tomonidan tumanda pilla mavsumiga tayyorgarlik va uni samarali tashkil etish holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida pillachilikni rivojlantirish, ipak qurti parvarishi uchun yaratilgan sharoitlar, ozuqa bazasi hamda fermer va aholi tomonidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlanishicha, pilla yetishtirish bo‘yicha zarur tashkiliy ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, aholi va fermer xo‘jaliklari tomonidan mazkur yo‘nalishda faol ishtirok etilmoqda.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)