♟ Maktabdagi shaxmat to‘garagi faoliyati o‘rganildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubxodjayev Umid Anvarxodjayevich hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov bilan birgalikda “Cho‘yinchi” mahallasidagi 56-son umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
👥 Uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.
♟ Shuningdek, maktabda faoliyat yuritayotgan shaxmat to‘garagi bilan tanishilib, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
🏫 Mas’ullar tomonidan to‘garak faoliyatini yanada rivojlantirish, zarur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.