Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri Mastura Salimova tomonidan Mirzo Ulug'bek mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolari va takliflari tahlil qilinib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kelgusida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy faolligini oshirish va turli loyihalarga keng jalb etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.