QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
Bugun Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri J. Hafizov hamda bosh mutaxassis D. Toyirovlar “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida barpo etilayotgan Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) binosiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mas’ul xodimlar tomonidan obyekt hududida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, binoning qurilish jarayonlari, bajarilgan ishlar hajmi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi holati o‘rganildi.
Shuningdek, qurilish ishlarining sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda loyiha talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mas’ullar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.