📌 Deputatlar va maktab jamoasi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 10-Cha‘atoy saylov okrugi deputati, Q.Raxamov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janzarov ishtirokida “Cha‘atoy” mahallasidagi 28-sonli umumta’lim maktabida sayyor uchrashuv tashkil etildi.
🏫 Uchrashuv jarayonida maktab jamoasi bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ta’lim sifati, moddiy-texnik baza, o‘quv jarayonidagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
🔎 Shuningdek, maktabdagi mavjud sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilab olindi.
📝 Bildirilgan taklif va murojaatlar asosida masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.