Shirin shahrida axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri Mastura Salimova shahardagi axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi.
Tanishuv jarayonida markazning kitob fondi, o‘quvchilar va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, axborot-resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda mavjud xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.