Новости

Последние новости

янв.21
Olmazor tumani Ziyokor Mahalla fuqarolar yig`inlarida uchrashuv o`tkazildi.
янв.21
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida yoshlarning  taklif va mulohazalari tinglandi
янв.21
Deputat bilan yuzma-yuz
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati I. Sagdullayev tomonidan “Xastimom” mahallasida joriy yilning I choragi yakunlari yuzasidan axborot yig‘ilishi tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash 21-Namuna saylov okrug deputati D.Raxmatullayev, kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixovlar Olmazor tumani “Yangi Toshkent” mahalla fuqarolar yig`inlariga tashrif buyurishdi
янв.21
Yoshlar – jamiyat tayanchi: deputat bilan ochiq muloqot
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarga asosan Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati ko'zdan kechirildi.
янв.21
Aholi salomatligi yo‘lida muhim tashabbus!
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari hamda Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Navoiy viloyati sanoatida yangi bosqich: xalqaro hamkorlik va zamonaviy ishlab chiqarish

Navoiy viloyati sanoatida yangi bosqich: xalqaro hamkorlik va zamonaviy ishlab chiqarish

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyaning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida hudud sanoatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — iqtisodiy va sanoat sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, delegatsiya uchun hududning ishlab chiqarish salohiyati, mavjud infratuzilmasi va eksport imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish muhim ahamiyat kasb etdi.

Tashrif davomida delegatsiya sanoatni rivojlantirish komplekslari faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, Karmana tumanida joylashgan sanoat maydonida “Unigroup Navoiy” korxonasining dastlabki loyihalari ishga tushirildi. Ushbu loyihalar hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport hajmini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida kosmetika va uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy korxonaning ishga tushirilishi viloyat sanoatidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Bu kabi innovatsion loyihalar mahalliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini kengaytiradi.

Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi yana bir ishlab chiqarish korxonasining ishga tushirilishi hududda sanoat infratuzilmasining izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Mazkur jarayonlarga munosabat bildirgan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Javohir Mirzayev bu kabi tashabbuslar hudud iqtisodiyoti uchun muhim ekanini ta’kidlab, xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishi, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi farovonligi oshishiga xizmat qilishini qayd etdi.

Uning fikricha, bu kabi yirik loyihalar nafaqat Navoiy viloyati, balki butun mamlakat sanoat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Mirzayev Javoxir Fazliddin o‘g‘li

Slide 1 of 1