So'rovga ko'ra Bog'ishamol mahallasi Cho‘lobod ko‘chasining 520 metr mavjud ichki yo‘llari uzoq yillardan buyon kapital va joriy ta’mirdan o‘tkazilmaganligi sababli, yo‘l qoplamasi yaroqsiz holga kelgan, chuqurchalar va notekisliklar ko‘paygan. Bu esa fuqarolarning, ayniqsa, piyodalar va transport vositalarining harakatlanishida qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Yomg‘irli va qish mavsumlarida ushbu holat yanada murakkablashib, aholining kundalik hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu munosabat bilan, Cho‘lobod ko‘chasining 520 metr ichki yo‘llarini ta’mirlash, zarur hollarda asfalt qoplama yotqizish hamda shag‘allashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘rab deputatlik so'rovi yubordi.