Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
2026-yil 1-chorak davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar toʻgʻrisida tuman prokurori F.Egamqulovning axboroti.
Bulungʻur tumanida 2026-yil 1-chorak davomida kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha olib borilgan ishlar toʻgʻrisida tuman IIB boshligʻi J.Saidovning hisoboti.
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining Bulungʻur tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi VII-27-44-7-0-K/26-sonli qarorining ijrosi toʻgʻrisida tuman hokimi oʻrinbosarlarining hisoboti.
Tumanda tabiiy gaz tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish, debitor qarzdorliklarni soʻndirish, suyultirilgan gaz balonlarni oʻz vaqtida yetkazib berish hamda tizimda korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida “Bulungʻurtumangaz” gaz ta’minoti boʻlimi boshligʻi A.Habibxonovning hisoboti.
Tumanda elektr energiyasi tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish, debitor qarzdorliklarni soʻndirish, tarmoqqa noqonuniy ulanishlarni bartaraf etish, tizimga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan olib berilgan jihozlarni oʻrnatilishi boʻyicha tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari T.Sattarovning hisoboti.
Bulungʻur tumanida vegetatsiya davrida suv bilan barqaror ta’minlangan hamda ta’minlanmagan hududda joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida.
Tuman “Infratuzilma va barqarorlik jamgʻarmasi” mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida.
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi