“Deputat fuqarolarni qabul qildi”
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 12-“Novqa” saylov okrugidan saylangan deputat Saidova Xafiza Donaboyevna, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Zulfiqarov Bahodir hamda "mahalla yettiligi" a'zolari bilan birgalikda sayyor qabul o’tkazmoqda. Ushbu qabulda asosiy e’tibor aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, fuqarolarning murojaatlari va muammolarini tinglash hamda ularni atroflicha o‘rganishga qaratilmoqda.Eng muhimi, ko‘tarilgan masalalarga imkon qadar joyida yechim topish choralari ko'rildi ko'tarilgan masalalarni hal etish uchun ma'sul tashkilotlarga deputatlik so'rovi chiqarish belgilab olindi.