Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo`yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumani Bo`stonobod mahalla fuqarolar yig`inlaridagi moshinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar xarakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvoldaligi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar ishtrokida 315-sonli umumta’lim maktabdagi o’qituvchilar murojaatini tinglandi.
янв.21
Xalq vakili MFYda "yettilik" vakillari bilan uchrashib, 24 ta tavsiyaviy savolnoma bo‘yicha suhbat olib bordi
янв.21
Olmazor tumani Orzu mahalla fuqarolar yig`inlariga hududida joylashgan Nuroniylar maskani masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida “Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik munosabatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumani Ziyokor Mahalla fuqarolar yig`inlarida uchrashuv o`tkazildi.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 22-sessiyasi

Bugun xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, shuningdek, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va yoshlar siyosatiga oid jami 6 ta muhim masala ko‘rib chiqildi. Xususan, kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

Moliya va iqtisodiyot: Tumanning 2026-yilgi mahalliy byudjeti erkin qoldiq mablag‘lari hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan tegishli sohalarni rivojlantirish uchun mablag‘lar ajratish masalasi ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Qishloq xo‘jaligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-172-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yoshlar siyosati: Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va qarorlar ishlab chiqish jarayoniga jalb etish maqsadida tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Guruh tarkibi Yoshlar ishlari agentligi va siyosiy partiyalar tavsiyasiga ko‘ra, eng faol, tashabbuskor yoshlar yetakchilari hamda talaba-o‘quvchilar bilan yangilandi.

Tashkiliy masala: 4-sonli "Keneges" saylov okrugidan saylangan deputat K.Aytbayevning boshqa ishga (ijro hokimiyati organiga) tayinlanganligi hamda Toshkent shahriga ko‘chib ketganligi munosabati bilan, uning o‘z arizasiga binoan deputatlik vakolati muddatidan oldin ixtiyoriy ravishda tugatildi.

Sessiya kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining tegishli qarorlari bir ovozdan qabul qilindi.

Shuning bilan xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 22-sessiyasi o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 5