Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo`yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumani Bo`stonobod mahalla fuqarolar yig`inlaridagi moshinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar xarakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvoldaligi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar ishtrokida 315-sonli umumta’lim maktabdagi o’qituvchilar murojaatini tinglandi.
янв.21
Xalq vakili MFYda "yettilik" vakillari bilan uchrashib, 24 ta tavsiyaviy savolnoma bo‘yicha suhbat olib bordi
янв.21
Olmazor tumani Orzu mahalla fuqarolar yig`inlariga hududida joylashgan Nuroniylar maskani masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida “Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik munosabatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumani Ziyokor Mahalla fuqarolar yig`inlarida uchrashuv o`tkazildi.
#Haftalik_dayjest

2026-yil 16–19-mart kunlari uchun belgilangan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq bir qator muhim tadbirlar va o‘rganishlar amalga oshirildi.

Jumladan, deputat Abduraxmanov Ulug‘bek tomonidan Arnabo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. Uchrashuv davomida fuqarolar Pokizalik ko‘chasida joylashgan ichki yo‘lning yomon holati tufayli yuzaga kelayotgan noqulayliklarni bildirib, mazkur yo‘lni shag‘al va asfalt qoplamasi bilan ta’mirlash yuzasidan amaliy yordam so‘rashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 334-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M.Kazakov tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mazkur tizim doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Bundan tashqari, “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida To‘lqin ovulida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida ko‘chalar va jamoat joylari tozalanib, hududni obodonlashtirish, daraxtlarni ohaklash va atrof-muhitni tartibga keltirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputat D.O‘razbayeva tomonidan “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 334-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputat Otabayeva Dilnoza tomonidan Qangli ovul fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan dolzarb muammolar aniqlandi.

Joriy yilning 17-mart kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, deputat Rayimova Gulbahor tomonidan mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilib, aholi muammolarini hal etish, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Amudaryo tumanda “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan ko‘rgazmali seminar tashkil etilib, unda milliy hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi yutuqlari hamda amaliy san’at namunalari namoyish etildi.

Shu bilan birga, deputat Muratbayeva Saylixan tomonidan saylovchilar murojaatlariga asosan Bosuv mahalla fuqarolar yig‘ini Zarrin ko‘chasidagi ichki yo‘lni shag‘al-qum aralashmasi bilan ta’mirlash zarurligi yuzasidan tegishli deputat so‘rovi yuborildi.

Yuqoridagi tadbirlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 1