Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo`yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumani Bo`stonobod mahalla fuqarolar yig`inlaridagi moshinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar xarakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvoldaligi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar ishtrokida 315-sonli umumta’lim maktabdagi o’qituvchilar murojaatini tinglandi.
янв.21
Xalq vakili MFYda "yettilik" vakillari bilan uchrashib, 24 ta tavsiyaviy savolnoma bo‘yicha suhbat olib bordi
янв.21
Olmazor tumani Orzu mahalla fuqarolar yig`inlariga hududida joylashgan Nuroniylar maskani masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida “Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik munosabatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumani Ziyokor Mahalla fuqarolar yig`inlarida uchrashuv o`tkazildi.
янв.21
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida yoshlarning  taklif va mulohazalari tinglandi
Deputat tashabbusi

Deputat tashabbusi

🔹Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashi deputati Amirali Safarov tashabbusi bilan “Yangiariq” MFY hududida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ommaviy hashar tashkil etildi.

Hashar davomida mahalla hududi tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, jumladan qabriston atrofi tartibga keltirildi. Bu xayrli tashabbus mahalla ahlining birdamligi va faol fuqarolik pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi.

🔹Hashar doirasida deputat tomonidan bugungi kunda ko'p kuzatilayotgan kiberjinoyatchilikning salbiy oqibatlari yuzasidan targ‘ibot ishlari ham olib borilib, aholiga kiberjinoyatlar va turli firibgarlik holatlarining oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi. Fuqarolarni hushyorlikka chaqirish, huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish borasida amaliy tavsiyalar bildirildi.

🔹Mazkur tadbir nafaqat obodonlashtirish ishlari, balki aholining siyosiy-huquqiy faolligini oshirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Slide 1 of 1