Новости

Последние новости

янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan fuqaro murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
Yoshlar bilan ochiq muloqot: kelajak sari dadil qadam

    Joriy yilning 14-fevral kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi kotibiyati mudiri Mamashukurov Olimjon
Qayumovich Sho‘rchi tumani “Kushon” MFY hududida joylashgan 11-son umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasi faoliyatini o‘rgandi hamda “Deputat va yoshlar uchrashuvi” tadbirida ishtirok etdi. 

  Tashrif davomida maktabning o‘quv jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, fan xonalari, axborot texnologiyalari
jihozlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Ta’lim sifati, o‘quvchilarning fanlarga qiziqishi hamda ustozlarning fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Maktab jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda
mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 

   Shundan so‘ng tashkil etilgan “Deputat va yoshlar uchrashuvi” ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Ayniqsa, ta’lim sifati, kasb-hunar egallash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, yoshlar bandligi kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi. 

   Mamashukurov Olimjon Qayumovich o‘z so‘zida yoshlar bilan muloqot qilish, ularning fikrini eshitish va
qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. U yoshlarni bilim olishga, zamonaviy kasblarni puxta egallashga, Vatanga sadoqat ruhida yashashga da’vat etdi. Shuningdek, bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi qayd etildi. 

  Mazkur uchrashuv yoshlar va xalq vakillari o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, ta’lim tizimidagi
muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi. Zero, yoshlar bilan ishlash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish – kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. 

  Maqolaning davomi bor. Keyingisi — Kitobxonlik tadbiri. 👇

Slide 1 of 1