Новости

Последние новости

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari faoliyatini tizimli tashkil etish, aholi muammolarini manzilli o‘rganish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar bugun Termiz shahrida hayotga tatbiq etilmoqda.

Deputat "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlarni tahlil qildi:

🚧 Mahalla ichki yo‘llarining holati, piyodalar yo‘laklari va avtobus bekatlarining bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Jamoat transportining muntazamligi o‘rganildi.

🔥 Ko‘p qavatli uylardagi isitish tizimi, Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, pod’ezd va yerto‘lalarning holati nazorat qilindi.

🏥 Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, bepul dorilar bilan ta’minlanish darajasi hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand qatlamga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil etildi.

💼 Hokim yordamchisi va Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bandligini ta’minlash va aholini daromadli qilish borasidagi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 19