Новости

Последние новости

янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat daxlsizlik huquqidan qay tartibda mahrum etiladi?
янв.21
Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Namangan shahrida joylashgan gaz quyish va benzin shoxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN JOYLARDA MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari O. Egamberdiyeva va M. Salimova tomonidan Vatanparvar mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi. 

️O‘rganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, nomenklatura asosida hujjatlar tekshirilganda papkalarga 2025–2026 yillardagi faoliyatga oid birorta ham hujjat tikilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, hujjatlarni yuritishda tizimlilik yetishmasligi, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hisobotlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagani kuzatildi. 

️Bundan tashqari, mahalla raisining ish rejasi 2025 yilda qolib ketganligi, 2026 yil uchun yangi ish reja ishlab chiqilmagan va tasdiqlanmaganligi aniqlanib, natijada joriy yilga mo‘ljallangan ishlar aniq reja asosida tashkil etilmayotgani qayd etildi.

 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, hujjatlarni tartibga keltirish hamda 2026 yil uchun ish rejasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlash vazifalari yuklatildi.

Slide 1 of 2