Новости

Последние новости

янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bandlik shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat daxlsizlik huquqidan qay tartibda mahrum etiladi?
янв.21
Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Namangan shahrida joylashgan gaz quyish va benzin shoxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida “Yo‘l-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash” yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputat G.Sayitqulova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, “Yo‘l xarita”ning 20-bandida nazarda tutilgan Boyovut tumani “Yangi avlod” mahallasida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massivining ichki yo‘llarini qurish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qaroriga muvofiq, Sirdaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati Davlat muassasasi buyurtmachiligida amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda Boyovut tumanining “Yangi avlod” mahallasida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massivida ichki yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 3