Новости

Последние новости

янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bandlik shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat daxlsizlik huquqidan qay tartibda mahrum etiladi?
янв.21
Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Namangan shahrida joylashgan gaz quyish va benzin shoxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
Kun tartibidagi birinchi masala

Kun tartibidagi birinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasining Angor tumanida amalga oshirilishi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Nurislom To‘raqulov Baxtiyor o‘g‘li tomonidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda mazkur loyiha doirasida tumanda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, loyihaning ijrosi jarayonida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ham alohida ta’kidlandi. Deputatlar tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savollar berilib, tegishli taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.