Новости

Последние новости

янв.21
ISH REJASI (2026-yil 30-mart – 3-aprel)
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI SHAHAR KENGASHI ISHTIROKIDA OLIB BORILDI
янв.21
Deputatlarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati
янв.21
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilishda Kengash vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Rohila Mirzayeva tomonidan “Mehribonlik” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
4-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Soxiba Gapparova o‘z hududidagi “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining mustahkam poydevori
янв.21
Alpomis mahallasida mahalla yettiligi bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Hududdagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN SHAHAR FILIALIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
Murojaatnoma: mahallalarda ochiq muloqot

Toyloq tumanidagi Shopo‘lot va Yastepa mahallalarida aholi o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi targ‘ibot tadbirida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z.Avazov ishtirok etib, Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlar haqida gapirdi.

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi mutaxassisi, tuman Kengashi deputati A.Usmonov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbir davomida ma’naviy ko‘makchilar I.Hasanov va T.Turdiyevalar “Maromiylik” loyihasi doirasida to‘y va marosimlarni qisqartirish, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi radikallashuning oldini olish haqida so‘z yuritishdi.

Slide 1 of 6