35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
Qonun loyihasi tuman manfaatlaridan kelib chiqib o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, ko‘rib chiqish uchun Senatga kelib tushgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qo‘mita tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur Qonun belgilangan tartibda xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati hamda madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda tegishli mutaxassislar ishtirokida tuman manfaatlaridan kelib chiqqan holda atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan quyidagi takliflar ilgari surildi:
🔹 Ish beruvchining ham ma’muriy javobgarligini belgilash;
🔹 Chet el fuqarolarini noqonuniy mehnatga jalb qiluvchi vositachilar uchun alohida javobgarlik joriy etish;
🔹 Chet el fuqarolarining mehnat faoliyatiga oid hujjatlarini elektron tarzda tekshirishning yagona tizimini yaratish;
🔹 Birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarlikda uni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish imkoniyatini nazarda tutish;
🔹 O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqini 3 yil muddatga cheklashda huquqbuzarlikning og‘irlik darajasi va jarimani to‘lamaslik sabablarini inobatga olish.
📌 Mazkur takliflar tuman manfaatlari, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonuniy mehnat faoliyatini ta’minlash zaruratidan kelib chiqqan holda shakllantirildi.
Ushbu takliflarni tegishli tartibda Senat qo‘mitasiga taqdim etish orqali qonun normalarini amaliyotga yanada moslashtirishga hissa qo‘shish maqsad qilingan. 

Slide 1 of 1