35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
Sazag‘on mahallasida obodonlashtirish va tozalik masalalariga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 16-Sazag‘on saylov okrugidan saylangan deputat D.Abulqosimova Sazag‘on mahallasidagi ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Dolzarb 40 kunlik» obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish haftaligi doirasida aholi faolligini oshirish hamda hudud tozaligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida deputat har bir ko‘cha va xonadonda tozalik madaniyatini yuksaltirish, hududlarni tartibga keltirish va yashil hududlarni ko‘paytirishda jamoatchilik nazorati hamda mahalla ahlining birdamligi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, ko‘cha boshilariga aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish va jamoat hasharlarida fuqarolar ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3