35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "5-Cheksaroy” saylov okrugi deputati S. Egamnazarova, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A. Ismoilov hamda Xalq demokratik partiyasi Bag‘dod tuman Kengashi raisi D. Xamraqulov tomonidan “Chekxitoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganish davomida mahallada yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limidan mas’ul xodim biriktirilgani hamda uning tomonidan profilaktik tadbirlar muntazam tashkil etib kelinayotgani aniqlandi. Shuningdek, isitish mavsumi oldidan xonadon egalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib kelinayotgani, ichki ko‘chalar yong‘in-qutqaruv texnikalarining erkin harakatlanishi uchun qulay holatda ekani hamda elektr simlari, transformatorlar va gaz tarmoqlarida yong‘in xavfi tug‘diruvchi holatlar aniqlanmagani qayd etildi.

⚠️ Shu bilan birga, mahallada yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmagani, aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga oid tushuntirish va targ‘ibot ishlari yetarli darajada hamda keng qamrovda olib borilmayotgani, ko‘chalar va uy raqamlarining to‘liq belgilab chiqilmagani ma’lum bo‘ldi.

🧯 O‘rganish jarayonida mahalla hududida yong‘in gidrantlari mavjud emasligi, ijtimoiy obyektlarda, jumladan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari to‘liq ta'minlanmagan hamda yong‘in gidrantlari suv bilan to‘ldirilmagani ham aniqlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek mazkur o‘rganish natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha doimiy komissiya muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 7