35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI. “NEVICH” MAHALLASIDA MANZILLI DASTUR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-son qarori hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 12-maydagi VII-33-56-10-0-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida Parkent tumanining “Nevich” mahalla fuqarolar yig‘inida og‘ir toifadagi mahallalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur asosida qator qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.Mazkur dastur doirasida elektr uzatish tarmoqlaridagi
simyog‘ochlarni beton tayanch ustunlarga almashtirish, ichki irrigatsiya tarmoqlarini betonlash, mavjud nasos stansiyasini ta’mirlash,quyosh panellarini o‘rnatish, ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish hamda piyodalar
yo‘laklarini barpo etish kabi muhim infratuzilma loyihalari belgilangan.Manzilli dastur ijrosi, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputati Yoqubova Xusnora tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar joyiga chiqilib,ularning bugungi holati bilan tanishildi. Xususan, mahallada davom etayotgan ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish va piyodalar yo‘laklarini barpo etish ishlari ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, deputat tomonidan mas’ul xodimlarga bajarilayotgan ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish sifatini ta’minlash, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etilishi hamda obyektlarning foydalanishga topshirilish muddatlari yuzasidan savollar berildi.Mutasaddilar tomonidan olib borilayotgan ishlar va ularning ijro muddatlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar taqdim etildi.Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, manzilli dastur doirasidagi barcha loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi, shuningdek,ajratilgan mablag‘lardan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 6