35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
DEPUTATLAR MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARINI O‘RGANDILAR

 DEPUTATLAR MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARINI O‘RGANDILAR 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov, Kengash
huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi M.To‘xtasinovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son “Energiya samaradorligini oshirishga
qaratilgan loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
ijrosi doirasida tumandagi 40-son maktabgacha ta’lim tashkilotida olib
borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
 

Mazkur obyektda mukammal ta’mirlash ishlari "Samo Ko‘rki" MChJ tomonidan
amalga oshirilayotgan boʻlib. Loyiha qiymati 7 milliard 395 million 944 ming
soʻmni tashkil etadi.
 

Oʻrganish davomida asosiy e’tibor ta’mirlash ishlarining sifati, foydalanilayotgan
qurilish materiallarining standartlarga mosligi, belgilangan muddatlarga rioya
etilishi, loyiha hujjatlariga toʻliq amal qilinishi hamda obyektda texnik
xavfsizlik qoidalariga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
 

Oʻrganish yakunida pudratchi tashkilot vakiliga sifat koʻrsatkichlarini oshirish, mavjud
kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda obyektni belgilangan
muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 8