35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi masalalari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga "Noib ko‘prigi" saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida hududdagi yo‘l infratuzilmasi va aholini qiynab kelayotgan muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Sherali Mingboshi ko‘chasi ko‘cha boshisi, Oqtepasoy ko‘chasi 35-uyda yashovchi Madaminov Alisherjon bilan uchrashilib, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda mavjud muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida ko‘cha boshisi tomonidan deputat M.Yunusov tashabbusi bilan Sherali Mingboshi ko‘chasining 200 metr qismida boshlangan asfaltlashtirish ishlarini imkon qadar tezroq yakunlash yuzasidan taklif bildirildi. Ushbu yo‘lning to‘liq foydalanishga topshirilishi hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini yanada yaxshilashi ta’kidlandi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan joyida o‘rganilib, asfaltlashtirish ishlarini jadallashtirish va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishuvga erishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3