35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
#haftalik_ish_reja #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #murojaat_daftari 🏛️"Amu-sohillari" mahallasida deputatlik nazorati: PF–116 Farmoni ijrosi, xavfsizlik va yoshlar siyosati tahlil qilindi!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudayqulova okrugi tarkibidagi “Amu-sohillari” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlarining bugungi kundagi faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarni o‘rgandilar.

⏺Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini mahalla darajasida samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

💬Suhbat davomida mahallaga biriktirilgan profilaktika inspektoriga “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-sonli Qonun, shuningdek yoshlar yetakchisiga “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-sonli Qonun talablaridan kelib chiqib faoliyatni yanada samarali tashkil etish, huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

💬Shuningdek, mahalla hududidagi ijtimoiy infratuzilma, obodonlashtirish, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar va mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat murojaatlari daftariga qayd etildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday nazorat-tahlil tadbirlari mahallalarda qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qilmoqda.