Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abror Abduganiyev xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan deputatlik nazorati doirasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida “Matonat” mahallasi Jasorat ko‘chasi 21-uy orqa qismida joylashgan daraxtlarning holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, ayrim daraxtlar qurib qolgan hamda kasallangan bo‘lib, kuchli shamol vaqtida ularning shoxlari yoki tanasi sinib, yaqin atrofdagi xonadonlar, xususan uylarning derazalariga zarar yetkazishi xavfi mavjud.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat inobatga olinib, masalani bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda Navoiy shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga qurib qolgan va xavf tug‘dirayotgan daraxtlarni o‘rganish, sanitariya kesimi hamda zarur choralarni ko‘rish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish tavsiya etildi.

Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda hududlarda obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3