Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi

2026-yil 19-iyun kuni xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda doimiy komissiya a'zolari, tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari, tegishli mas'ullar va OAV vakillari ishtirok etdi. Yig'ilishga doimiy komissiya raisi kun tartibidagi masalalar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Majlisda tumanda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mahallalar va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Masala yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Raxmanov axborot berib, Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda “Dolzarb 90 kun” dasturi asosida keng qamrovli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani va amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etdi.

Ta’kidlanganidek, dastur doirasida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, intellektual, madaniy hamda sport tadbirlariga jalb etishga qaratilgan 28 ta yo‘nalishdagi tadbirlar belgilangan.

Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, uni xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 3