35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputati M.Axmadalieva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovlar
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi
“2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali
aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda
kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-49-son Qarori
ijrosi doirasida Pastki Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan
ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan hamda
tarkibida I-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilayotgan xonadonda olib
borilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Xonadonda
yashash sharoitini yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxs uchun qulay va xavfsiz
muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining
sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullarga
tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.


Shuningdek, mahallada qaror doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, bandligini
ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar yuzasidan
mas’ullar bilan fikr almashildi.


Aniqlangan kamchiliklarni “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib,
qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda har bir xonadon kesimida amalga
oshirilayotgan ishlar ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish lozimligi
ta’kidlandi va nazoratga olindi.
 

   

Slide 1 of 5