Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Kengash_faoliyati

 “GULBOG‘” MAHALLASIDA HAMKORLIK VA SAMARADORLIK TAHLIL QILINDI

📱Mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash hamda aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📱 Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov 15-Gulbog‘ saylov okrugiga qarashli “Gulbog‘” mahallasida bo‘lib, mahalladagi mavjud holat va mas’ul xodimlar faoliyatini o‘rgandi.

🔹 Mahalla raisi faoliyati
Mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, “mahallabay” ishlash tizimi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifati hamda mahalla “yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🔹 Profilaktika inspektori faoliyati
Huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan olib borilayotgan tizimli ishlar holati ko‘rib chiqildi.

🔹 Yoshlar yetakchisi faoliyati
Mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, yechim topish borasidagi ishlar o‘rganildi.

📱 O‘rganishlar yakunida mahalla mas’ullarining ish samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlarini tezkor va joyida hal etish, hududda jinoyatchilikning oldini olish hamda ijtimoiy yordam ko‘lamini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1