Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sport inshootlari faoliyati o‘rganilmoqda.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati,doimiy komissiya raisi Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna hamda deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevnalar Parkent tumani sport maktabida bo‘lib, aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud infratuzilma va sport inshootlarining holati bilan tanishdi.O‘rganish davomida sport maktabida olib borilayotgan ishlar, sport to‘garaklari faoliyati, mashg‘ulotlar jarayoni hamda sport anjomlarining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sport sohasini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Yakunda sport maktabi mas’ullariga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, sport infratuzilmasini takomillashtirish hamda yoshlarning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqib sport yo‘nalishlarini rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Deputatlar tomonidan bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 4