Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
DEPUTAT MINBARI: MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO‘LGAN BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

Nodirjon o‘zining tirishqoqligi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgani, ota-onasi va ustozlarining mehnati tufayli kirish imtihonlari uchun belgilangan fanlardan yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetining Davolash fakulteti talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.

 Shohjahon ham o‘z ustida tinimsiz ishlashi, izlanishi va ustozlari bergan tavsiyalarga amal qilishi natijasida 4 ta sertifikatni qo‘lga kiritib, 178 ball jamg‘ardi. U hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi bo‘lish arafasida turibdi. Ishonamizki, u ham o‘z maqsadiga albatta erishadi.

 Suhbat davomida bu yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchi, ulkan orzu-maqsadlari va har bir fikrni puxta o‘ylab bayon etishlari menda katta taassurot qoldirdi.

 Nodirjon kelajakda tibbiyot sohasida chuqur bilim olib, xalqimiz salomatligi yo‘lida xizmat qilishni maqsad qilgan bo‘lsa, Shohjahon xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishida bilim olib, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni orzu qilmoqda.

 Bu kabi bilimli, maqsadli va intiluvchan yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalar hamda ularga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarga alohida minnatdorlik bildiraman.

Nodirjon va Shohjahon!

Sizlarning bugungi yutuqlaringizdan xuddi o‘z farzandlarimning muvaffaqiyatidan quvongandek quvondim. Kelgusidagi hayot yo‘lingiz yorug‘, maqsadlaringiz ulug‘, yutuqlaringiz esa bardavom bo‘lsin!

 Sizlar Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni, ishonchi va tayanchisiz.

Slide 1 of 2