Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan “Achchisay” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ro‘yxati, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yakka yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar hamda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimi orqali aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlash, ularni ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab olish, moddiy ko‘makka muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olinib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2