Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar bilan birgalikda Istiqlol MFYda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan davlat imtiyozlari, jumladan, imtiyozli kreditlar, subsidiya va grantlar, kasb-hunar kurslarida bepul ta’lim olish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ajratilayotgan ko‘maklar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilayotgani alohida ta’kidlandi. Suhbat chog‘ida ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali ayollarning daromadini oshirish va iqtisodiy faolligini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

Yakunda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish hamda har bir murojaat egasi bilan manzilli ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mahallada bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada faollashtirish muhim vazifa sifatida qayd etildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4