Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
Deputatlik so‘rovi yuborildi: Yoshlar bilan ishlash samaradorligi yuzasidan ma’lumot so‘raldi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkonov tomonidan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish hamda ularning natijadorligini tahlil qilish maqsadida Qo‘qon shahar Yoshlar ishlari agentligiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida 2025-yil va 2026-yilning birinchi choragi davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha axborotlar talab etildi:
«Yoshlar balansi» va «Yoshlar daftari» tizimlari yuritilishi;
Mahallalarda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o‘tkazilgan madaniy va sport tadbirlari;
Ishsiz yoshlarni bandlikka jalb qilish va tadbirkorlikka yo‘naltirish ishlari;
Huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar;
«Yoshlar daftari» jamg‘armasi hisobidan ajratilgan subsidiya va ko‘maklar.

Shuningdek, deputat tomonidan yoshlar uchun ajratilgan mehnat qurollari, ta’lim va xorijiy til kurslari xarajatlarini qoplash, imtiyozli kreditlar, mikroqarzlar, oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ipoteka subsidiyalari, davolanish xarajatlari hamda boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining amaldagi holati yuzasidan ham ma’lumotlar so‘ralgan.

⚖Mazkur deputatlik so‘rovi yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasini tahlil qilish hamda yoshlarning muammolarini hal etish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni belgilashga xizmat qiladi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3