35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
“Mehrigiyo” faoliyati o‘rganildi

 Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” xususiy korxonasi dorivor va ekzotik o‘simliklarni yetishtirish, ularni qayta ishlash hamda tabiiy mahsulotlar, jumladan, shifobaxsh choylar, asal va farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadir. Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 16-Olmurod saylov okrugidan saylangan deputat – EKO partiya deputatlik guruhi a’zosi Umarbek Karimov tegishli hududda joylashgan “Mehrigiyo” xususiy korxonasida bo‘lib, u yerdagi ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar hamda ekologiya-atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida o‘rganishlar olib bordi. 

Deputat va mutaxassislar o‘rtasida o‘ziga xos uchrashuv-suhbati bo‘lib o‘tdi. “Mehrigiyo” mutaxassislari bergan ma’lumotlarga ko‘ra: 520 gektar ekin maydoniga ega bo‘lgan korxonada inson salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi papayya, guava, lavanda, zaytun, kivi, xandon pista kabi o‘simliklardan 50 xildan ortiq yuqori sifatli tabiiy mahsulotlar tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning savdosi Rossiya, AQSh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlarda ham yo‘lga qo‘yilgan.
 

Uchrashuvda: Elu yurt orasida “Mehrigiyo” nomi bilan mashhur bo‘lgan maskan “Salomatlik” ordeni sohibi Alijon Abdurazzoqovning ko‘p yillik izlanishlari mahsuli ekani e’tirof etildi. Dorivor o‘simliklarni yetishtirib, ularni qayta ishlab, yuqori sifatli organik, shifobaxsh, eng muhimi, tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarayotgan “Mehrigiyo” korxonasining faoliyati diqqatga sazovordir. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1