35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
Mahalla obodligi va aholi farovonligi — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov o‘zi saylangan hudud - “Noib ko‘prigi” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muhokama qilingan asosiy masalalar:
Mahalla hududidagi ko‘chalarni tartibga keltirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
Aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar va kommunikatsiya tizimlarini bosqichma-bosqich tartibga keltirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar.

Muloqot davomida mahalla faollari tomonidan hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar murojaatlari hamda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan qator takliflar bildirildi.

Deputat M.Yunusov tomonidan ko‘tarilgan masalalar nazoratga olinib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar mahallalarda ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish hamda hududlarni yanada obod va farovon maskanga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2