35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
Navoiy shahridagi 6-maktabda sinf xonalarining holati o‘rganildi
Navoiy shahridagi 6-maktabda sinf xonalarining holati o‘rganildi

Navoiy shahridagi ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash va o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Ushbu jarayonda Navoiy shahar Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Navoiy shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati Muhammad Eshnyezov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toirovlar Navoiy shahrida joylashgan 6-maktabga tashrif buyurib, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida maktabning sinf xonalari, o‘quv zallari va boshqa o‘quv xonalari ko‘zdan kechirildi. Tahlillar jarayonida ayrim sinf xonalari hamda zallar devorlarida joriy ta’mirga muhtoj joylar mavjud ekani aniqlandi. Shu bilan birga, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladigan qator jihatlarga ham e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida mas’ullar ta’mirtalab joylarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, maktab infratuzilmasini yaxshilash hamda o‘quv jarayoni uchun yanada zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdilar.
Mazkur o‘rganish ishlari ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni yanada yaxshilash, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun qulay muhitni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Slide 1 of 12