35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
Beshqo‘rg‘on mahallasi hududida obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi 16-Beshqo‘rg‘on okrugi deputati O‘zMTDP a'zosi Imomov Sanjarali To‘lqinovich mahalla raisi hamda faollar bilan birgalikda Beshqo‘rg‘on MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, mahalla hududidan o‘tuvchi ariq va suv yo‘llarini tozalash, atrof-muhit musaffoligini saqlash hamda aholi uchun qulay va ozoda sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilar hamda mahalla faollari bilan fikr almashilib, sanitariya holatini yaxshilash, tozalikni muntazam nazorat qilish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Shuningdek, deputat tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar asosida mas’ul tashkilotlar tomonidan zarur amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilib, hudud yanada fayzli, saranjom va ko‘rkam holatga keltirildi.

Bunday ezgu tashabbuslar mahalla obodligi, aholi salomatligini mustahkamlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Slide 1 of 6