Новости

Последние новости

янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
ПАХТАДАН ЮҚОРИ ДАРОМАД ОЛИНГ – ПРЕЗИДЕНТИМИЗ ЯРАТИБ БЕРГАН ИМТИЁЗЛАРДАН ФОЙДАЛАНИНГ! Жорий йилнинг 10 майдан – 10 июнгача ғўза парваришида “Зарбдор бир ойлик” ойлигини эълон қилиш ва ғўза агротехник тадбирларни ўз вақтида амалга ошириш бўйича Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳамда Ўзбекистон фермерлари кенгашининг МУРОЖААТИ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
янв.21
JASLARDIŃ SPORT PENEN SHUǴILLANIWI USHIN JARATILǴAN SHÁRT-SHARAYATLAR ÚYRENILDI.
2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova A.Navoiy MFY ijtimoiy xodimning ish hujjatlarini olib borish tartibi bilan tanishdi.

2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova tomonidan A.Navoiy mahalla fuqarolar yig’inida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati hamda xizmat hujjatlarini yuritish tartibi atroflicha o’rgandi.

O’rganish jarayonida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish sifati, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati, murojaatlarni qabul qilish va ularning ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, elektron va yozma ma’lumotlar bazasi, fuqarolar murojaatlarini qayd etish daftarlari hamda hisobot hujjatlarining belgilangan tartib asosida olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida mahalladagi kam ta’minlangan, nogironligi bo’lgan shaxslar, yolg’iz keksalar va ijtimoiy ko’makka muhtoj oilalar bilan ishlash tizimi, ularga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarning muammolarini o’rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, shuningdek, davlat tomonidan berilayotgan ijtimoiy xizmat va imtiyozlardan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Deputat L.Avezova tomonidan ijtimoiy xizmat sohasida hujjatlarni to’g’ri va tizimli yuritish, aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish hamda manzilli ishlash muhim ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, ijtimoiy sohadagi ish samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o’z vaqtida bartaraf etish va xizmat sifatini yanada yaxshilash bo’yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Bunday o’rganishlar mahallalarda ijtimoiy xizmat tizimini yanada takomillashtirish, aholining davlat va jamoat tashkilotlariga bo’lgan ishonchini mustahkamlash hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 1