Новости

Последние новости

янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
ПАХТАДАН ЮҚОРИ ДАРОМАД ОЛИНГ – ПРЕЗИДЕНТИМИЗ ЯРАТИБ БЕРГАН ИМТИЁЗЛАРДАН ФОЙДАЛАНИНГ! Жорий йилнинг 10 майдан – 10 июнгача ғўза парваришида “Зарбдор бир ойлик” ойлигини эълон қилиш ва ғўза агротехник тадбирларни ўз вақтида амалга ошириш бўйича Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳамда Ўзбекистон фермерлари кенгашининг МУРОЖААТИ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
Tuproqqalʼada murojaatlar bilan ishlash tizimi tanqidiy tahlil qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi qaroriga ko‘ra, tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, mavjud muammolarni tezkor va samarali hal etish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Qarorda qayd etilishicha, Prezidentimiz raisligida joriy yil 13-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning sabablarini chuqur tahlil qilish va joylarda tezkor hal etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.
Shu asosda Tuproqqal’a tumanida 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yangi choralar rejasi tasdiqlandi.
Murojaatlar soni oshgan
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning I choragida tumanga jami 650 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:
642 tasi ko‘rib chiqilgan;
332 tasi ijobiy ҳал etilgan;
267 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan;
ayrim murojaatlar nazoratga olingan yoki rad etilgan.
Qayd etilishicha, murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizdan ortiq oshgan.
Asosiy muammolar nimalar?
Fuqarolar murojaatlarida asosan:
uy-joy va yer ajratish;
moddiy yordam;
ichki yo‘llarni ta’mirlash;
ichimlik suvi va kanalizatsiya;
elektr va gaz tarmoqlariga ulanish;
ish bilan ta’minlash;
tadbirkorlik va fermer xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.
Shuningdek, ayrim murojaatlar o‘z vaqtida hal etilmagani, sayyor qabullar yetarli tashkil qilinmagani va mas’ullar tomonidan nazorat sust bo‘lgani tanqid qilingan.
Mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi
Qaror bilan:
murojaatlar ijrosini qat’iy nazorat qilish;
takroriy murojaatlarni kamaytirish;
joylarda sayyor qabullarni ko‘paytirish;
ijtimoiy tarmoqlardagi muammolarga tezkor munosabat bildirish;
murojaatchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish;
mas’ul xodimlarning malakasini oshirish kabi vazifalar belgilandi.
Bundan tashqari, murojaatlar bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritilishi ta’kidlandi.
Nazorat doimiy bo‘ladi
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritib boriladi. Qaror ijrosini nazorat qilish tegishli doimiy komissiya zimmasiga yuklatildi.
Qaror Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi Xushnudbek Romanberganovich Sultonov tomonidan imzolangan. 

Slide 1 of 6