Новости

Последние новости

янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
янв.21
«MADAD» MÁMLEKETLIK EMES KOMMERCIYALÍQ EMES ShÓLKEMI JERGILIKLI KEŃES PENEN BIRGE ISLESIWI BEKKEMLENBEKTE.
янв.21
ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕСИ ДЕПУТАТЫНЫҢ УШЫРАСЫЎЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ JOQARǴÍ KEŃESI DEPUTATÍNÍŃ UShÍRASÍWLARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
MÚRAJATLAR ÚYRENILMEKTE
“VoiceUp – 2026” inklyuziv yoshlar oromgohi o‘z faoliyatini boshladi!

 Oromgohning ilk kunidayoq ishtirokchilar uchun turli mavzularda treninglar, ochiq muloqotlar, motivatsion uchrashuvlar va jamoaviy faoliyatlar tashkil etilishi rejalashtirilgani ushbu loyihaning naqadar puxta o‘ylanganidan dalolat beradi. Yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yangi g‘oyalar bilan chiqish hamda o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

 Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Nasimov Dilmurod ham ishtirok etdi. U o‘z nutqida bunday inklyuziv loyihalar yoshlar hayotida muhim o‘rin tutishini, ayniqsa turli imkoniyatga ega bo‘lgan yoshlarni birlashtirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 Shuningdek, deputat tomonidan ishtirokchilar bilan samimiy fikr almashilib, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ularning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, kelgusida amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi.

 “VoiceUp – 2026” oromgohi davomida yanada qiziqarli, foydali va ilhomlantiruvchi dasturlar tashkil etilishi kutilmoqda. Bu esa yoshlarning shaxsiy rivoji, ijtimoiy faolligi va yetakchilik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

 Ishonamizki, ushbu loyiha ko‘plab yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi!

Slide 1 of 2